Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning barcha masjidlarida Yangi Zelandiyada halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga Qur'on karim tilovati va duolar qilinadi - Rasman
Joriy yilning 17 mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda peshin namoz ibodatidan so‘ng, Kur'on karim tilovati duolari qilish tavsiya etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning idoraning viloyatlardagi vakillariga yo‘llagan murojaatidan bildirilgan.
15 mart kuni bir guruh terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan teraktda 4 nafar qurollangan shaxs masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Oqibatda 50 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, «An-Nur» va «Linvud» masjidlarida juma namozidan so‘ng, namozxonlarning o‘qqa tutilishi oqibatida 49 kishi yaralangan.
«Butun dunyo mo‘min-musulmonlari, ulamolari, din va davlat arboblari ushbu uyushtirilgan terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirmoqda», – deyiladi murojaatda.
Ma'lum qilinishicha, «An-Nur» va «Linvud» masjidlarida terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning haqqiga 17 mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarida peshin namozidan so‘ng Qur'oni karim tilovati va duolar qilish, shuningdek, diniy ta'lim muassasalarida xatmi Qur'onlar qilish va savobini halok bo‘lganlar ruhiga baxshida etish tavsiya etildi.
«O‘z navbatida respublikamizdagi masjidlarda namozxonlarimizning tinch-osuda ibodat qilishiga xizmat qilayotgan nozirlar haqqiga ham duolar qilish maqsadga muvofiqdir», – deya qo‘shimcha qilinadi muftiy murojaatida.
Mavzuga oid
09:29 / 04.12.2020
Fransiyada masjidlar tekshirilmoqda. Ulardan ba'zilari yopilishi mumkin
08:04 / 24.08.2020
Yangi Zelandiyada masjidlarga hujum qilgan avstraliyalik ustidan sud jarayoni boshlandi
11:31 / 02.08.2020
Karantindan so‘ng bolalarning masjidlarda namoz o‘qishi uchun hech qanday taqiqlar bo‘lmaydi – IIV
01:38 / 30.05.2020