Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh transport vazirligi Boeing 737 Max’ning sertifikatlanishini tekshira boshladi – WSJ
AQSh transport vazirligi AQSh federal aviatsiya boshqarmasi Boeing 737 Max laynerlariga parvozga ruxsat berishda xavfsizlik me'yorlarini buzgan-buzmaganini aniqlash maqsadida tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashrning vazirlikdagi manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu tekshiruv birinchi navbatda samolyot tumshug‘ining gorizontga nisbatan holatini avtomatik aniqlash va bu holatni to‘g‘rilashda qo‘llanuvchi tizimlarga taalluqli bo‘ladi. Bu tizimdagi nosozliklar Indoneziyada 2018 yil oktyabrda Boeing 737 Max 8 aviahalokatiga olib kelgan sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Vazirlik xodimlari bu tizimning noto‘g‘ri ishlashi 10 mart kuni Efiopiyada yuz bergan aviahalokatga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aniqlashmoqchi.
Vazirlik huzuridagi nazorat qiluvchi idoralar aviatsiya boshqarmasining ikki xodimidan Boeing 737 Max sertifikatlanishiga taalluqli barcha kompyuter fayllari va hujjatlarni bus-butun saqlashni talab qilgan. Vazirlik laynerning barcha texnik ko‘rsatkichlari mutaxassislar tomonidan tegishli tarzda tahlil qilinganini aniqlamoqchi. Bu ishni jumladan boshqarmaning Sietldagi bo‘limi xodimlari bajarishgan.
17 mart kuni Efiopiya transport vaziri Dagmavit Moges Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 Max 8 bortyozgichlaridan olingan ma'lumot ushbu halokat Indoneziyada shu modeldagi laynerning halokatiga o‘xshashligidan darak berayotganini ma'lum qildi. Mogesning ta'kidlashicha, bu xulosalarni ham efiopiyalik, ham amerikalik tergovchilar tasdiqlashgan.
Efiopiyadagi aviahalokatda 157 kishi, Indoneziyadagida 189 kishi halok bo‘lgan. Efiopiyadagi aviahalokatning aniq sabablari hozircha o‘rnatilmagan. Indoneziyada qulagan samolyot bortyozgichlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra esa laynerning qulashi vaqtida uning priborlari ishida bir nechta nosozlik kuzatilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025