Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» O‘zbekiston chempionligi uchun va'da qilingan 1 mlrd so‘m pul mukofotini oldi
PFL Superliganing 2018 yilgi mavsumi chempioni uchun va'da qilingan mukofot puli – 1 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ni «Lokomotiv» klubi hisobiga o‘tkazib berdi.
Tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bunga qadar «Paxtakor», «Navbahor» va «Sevinch» klublari ham o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha qo‘lga kiritgan o‘rinlari uchun mukofot pullarini qabul qilib olishgan.
«Professional futbol ligasi klublar bo‘ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo‘lishiga qarab, rag‘batlantiruvchi mukofot pullarini o‘tkazib borishni rejalashtirgan. PFL qolgan barcha klublarga ham va'da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o‘tkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Superligani yuqori oltilikda yakunlagan jamoalar uchun quyidagi ketma-ketlikda mukofot puli berilishi ko‘zda tutilgan:
1-o‘rin uchun - 1 000 000 000
2-o‘rin uchun - 800 000 000
3-o‘rin uchun - 700 000 000
4-o‘rin uchun - 600 000 000
5-o‘rin uchun - 500 000 000
6-o‘rin uchun - 400 000 000
Mavzuga oid
04:28 / 11.03.2022
Draganning «Paxtakor»i yana g‘olib: «sherlar» Cheranga bog‘lanib qoldimi?
16:48 / 20.01.2021
Futboldagi o‘zbek ishi. Hakamlar kim bilan kelishishgan?
22:33 / 29.11.2020
Sergeyev – qahramon, Masharipov hamon jamoada. «Paxtakor»ning chempionlik o‘yinidan fotogalereya
21:17 / 20.11.2020