Jahon | 08:30 / 18.03.2019
11198
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro vazirlardan iste'foga ketishni talab qildi

Foto: EPA

Venesuela rahbari Nikolas Maduro o‘z hukumati vazirlaridan iste'foga ketishni talab qildi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodriges tvitterda ma'lum qilgan.

Rodrigesning yozishicha, gap “Bolivar va Chaves vatanini himoya qilish uchun” vazirlar mahkamasini to‘liq qayta shakllantirish haqida bormoqda.

Maduroning o‘zi bu borada hozircha hech qanday bayonot bermagan.

Maduro hukumatdagi o‘zgarishlarni chuqur iqtisodiy inqiroz va mamlakatda ikki hokimlik sharoitida amalga oshirmoqda.

Bu orada muxolifat yetakchisi, o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydo Maduro tuzumiga chek qo‘yishi kerak bo‘lgan marsh uchun tarafdorlarini safarbar qilish maqsadida 16 mart kuni mamlakat bo‘ylab safarga jo‘nagan.

Guaydo tarafdorlari oldidagi nutqida kurashning Karakasdagi prezident saroyi Mirafloresga marsh bilan yakunlanadigan “yangi bosqichi” boshlanganini e'lon qilgan. 

“Biz Mirafloresga borib, xalqqa tegishli bo‘lganining berilishini talab qilamiz”, deb aytgan Guaydo.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid