Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Suares O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi
 
                                    Foto: Getty Images
«Barselona» hujumchi Luis Suaresning jarohatito‘g‘risida rasmiy axborot berdi. U kecha La Liganing «Betis» bilan o‘yini oxirida shikastlangandi.
Bugun bo‘lib o‘tgan tibbiy tekshiruvlar Suaresning o‘ng oyog‘i to‘piq paylari cho‘zilganini aniqlagan. Endilikda u 10-15 kun maydonga tusha olmaydi, tiklanish jarayonini «Barselona» shifokorlari nazoratida o‘tkazadi.
Shu tariqa Luis Urugvay terma jamoasining bugundan Xitoyda boshlanayotgan yig‘inida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Jamoa «China Cup» xalqaro turnirining yarim finalida O‘zbekiston milliy termasiga qarshi maydonga tushadi, o‘yin 22 mart, juma kuniga belgilangan.
Yarim finalning ikkinchi juftligida mezbon Xitoy va Tailand termalari to‘qnash kelishadi. 25 mart kuni uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Mavzuga oid
 
                        14:33 / 30.07.2023
Suares 2024 yildan Messi bilan yana bir jamoada o‘ynaydi
 
                        23:08 / 31.12.2022
Luis Suares – «Gremio» futbolchisi
 
                        02:16 / 29.11.2022
JCh-2022. Portugaliya Urugvayni mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 finalga yo‘l olgan 3-jamoaga aylandi
 
                        21:42 / 03.11.2021
 
               
             
              