Xayriya natijasi: Umarning operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Uning oilasi barcha yaxshilardan minnatdor
Dunyoda yaxshilik degan xislat bor. U shunday narsaki, avvalo, u o‘rnashgan qalb taskin topadi, ikkinchidan, bir insonning mushkuli oson bo‘lib, u bu yaxshilikni bir umr esidan chiqarmaydi.
Yodingizda bo‘lsa, saytimiz orqali «Yetti yoshli Umarning yuragi to‘satdan urishdan to‘xtashi mumkin. U zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur!» sarlavhali xayriya aksiyasi e'lon qilingan edi.
Unda jajjigina bolakay Umar haqida so‘z boradi. Umar tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgan. Oilasining imkoniyati yo‘qligi sabab uni davolata olishmagan. Shundan so‘ng ota-onasi yordam so‘rab xalqimizga yuzlanishga majbur bo‘lishgan edi. Shukrki, mehribon va saxovatpesha xalqimiz bu murojaatga bee'tibor bo‘lishmadi. Operatsiya uchun kerakli mablag‘ yig‘ildi. Bugun ertalabdan yaxshi yangilik eshitdik. Umarning onasi Sadoqat To‘xtayeva bizga qo‘ng‘iroq qilib operatsiya yaxshi yakunlanganligini, hozirda Umar o‘zini judayam yaxshi his qilayotganligini ma'lum qildi. Biz ham Umarning holidan xabar olgani shifoxonaga shoshildik. Umar va onasi bilan suhbatlashdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Umar va oilasi yaxshi insonlardan minnatdorligini, ularni bir umr duo qilishini aytib o‘tdi. Barcha xayriya aksiyasida qatnashgan yaxshi insonlarga chin yurakdan rahmatlar aytdi.
Shundan so‘ng shifokordan ham ikki og‘iz so‘z oldik. Shifokor ham jarrohlik yaxshi yakun topganini va yaqin kunlarda Umarga javob berilishini aytdi.
Shu o‘rinda Kun.uz jamoasi ham mehribon va saxovatli yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Bir oilaning quvonchiga va bir bolakayning sog‘ayib ketishida sababchi bo‘lgan, inson taqdiriga befarq qaramagan hamyurtlarimizga qilgan ehsonlaringiz Alloh dargohida qabul bo‘lib, ajr va savoblarini ko‘paytirib berishini biz ham so‘rab qolamiz. Yaxshilik qilishdan charchamang, aziz yurtdoshlar!
Mavzuga oid
18:42 / 08.10.2019
Yaxshilar ko‘magi bilan Ma'muraxon operatsiya qilindi. Shifokorlar uning holatini ijobiy baholamoqda
15:21 / 11.09.2019
Xayriya natijasi: 4 oylik Bekmurodda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi
22:52 / 07.05.2019
Xayriya natijasi: 1.5 yoshli Mavjudaning yuragi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
17:34 / 21.11.2018