Asalarichilarga asalari oilalarini qo‘shni davlatlarga «vaqtincha olib chiqish» rejimida ko‘chirib chiqarishga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan asalarichilik sub'yektlariga bahor-yoz mavsumida asalari oilalarini qo‘shni mamlakatlarga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida ko‘chirib chiqarishga ruxsat berildi.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 apreldan boshlab bir kunlik jo‘jalarni (TIF TN kodi 0105 11 110 0, 0105 11 190 0, 0105 11 990 0) eksport qilishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 10 kun muddatda ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sug‘orish tik quduqlarini burg‘ilash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda chorva hayvonlarini so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste'mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoidalari hamda ixtisoslashgan so‘yish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me'yorlarini;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat usulidagi parrandachilik korxonalari faoliyatini amalga oshirishda zootexnika, zoogigiyena, veterinariya, veterinariya-sanitariya, ekologiya, sanitariya, yong‘in hamda qurilish bo‘yicha xavfsizlik talablarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
15:32 / 23.09.2024
Asalari zahri tarkibida saratonga qarshi modda topildi
21:52 / 19.09.2024
Rossiya asal narxini pasaytirish uchun O‘zbekistondan asalari olmoqda
20:17 / 17.09.2024