Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident qarori: FVV tarkibida yangi xizmat tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining 2019 yil 1 iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi etib eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta'minotdan foydalangan holda qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) orqali bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini muvofiqlashtirgan holda ta'minlash belgilandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Dispetcherlik xizmati xodimlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qo‘shimcha ajratiladigan dastlabki 10 shtat birligi hisobiga to‘ldiriladi (bir nafar serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va 9 nafar xizmatchi) va keyinchalik tushadigan xabarlar hamda murojaatlar hajmiga qarab ularning soni 22 nafargacha yetkaziladi;
Dispetcherlik xizmatini dastlabki texnik jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar (server uskunalari, kompyuter texnikasi va orgtexnika, dasturiy ta'minot) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Dispetcherlik xizmatini joriy ta'minlash va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda Dispetcherlik xizmatini yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir mutaxassislar bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga imo-ishora tilida so‘zlashadigan mutaxassislar orasidan nomzodlarni taqdim etadi;
uch oy muddatda o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari elektron bazasini yaratishni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
21:32 / 19.05.2025