Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Neksiya»ning 100 litr sig‘imli gaz balloni portladi, bir kishi halok bo‘ldi
2019 yil 18 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi T.D. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Beglamishsoy qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida avtomashina yukxonasiga o‘rnatilgan 100 litr sig‘imli gaz balloni portlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtomashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi 37 yoshli G‘.B. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida yo‘lovchi vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar, agar boshqaruvingizdagi avtomashinaga gaz balonlari o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning texnik soz holda ekanligiga muntazam e'tibor qarating. Chunki, bu siz va yaqinlaringiz bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan baxsiz hodisalar oldi olinishining kafolatidir”, - deyiladi IIV xabarda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025