Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik beysbolchi sport tarixidagi eng qimmatbaho shartnomani imzoladi
Amerikalik beysbolchi Mayk Traut Bosh beysbol ligasi MLB’ning “Los-Anjyeles Enjyels” klubi bilan sport tarixidagi rekord qiymatdagi shartnomani imzoladi. Shartnoma 12 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 430 mln dollarni tashkil qilgan. Bu haqda ESPN telekanali xabar berdi.
Bungacha rekord amerikalik beysbolchi Brays Xarperga tegishli bo‘lib, u 2 mart kuni “Filadelfiya Fillis” klubi bilan 330 mln dollarlik 13 yillik shartnoma imzolagandi.
Traut 28 yoshda bo‘lib, autfilder pozitsiyasida o‘ynaydi. Beysbolchi klub uchun 2011 yildan beri ishtirok etadi. U muntazam chempionat natijalariga ko‘ra 2 marta (2014 va 2016 yillar) Amerika ligasining (MLB’ning 2 ligasidan biri) eng qimmatli o‘yinchisi deb topilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
09:48 / 14.03.2025