Sport | 20:35 / 20.03.2019
6126
1 daqiqa o‘qiladi
BAA terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Niderlandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk BAA terma jamoasi bosh murabbiyi qilib tayinlandi.
66 yoshli mutaxassis mamlakat futbol federatsiyasi bilan 2022 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Uning oldiga JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.
Van Marveyk faoliyati davomida ko‘plab klublarda, jumladan «Feyyenoord», «Borussiya» D va «Hamburg»da ishlagan. Shuningdek, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya terma jamoalarini ham boshqargan.