Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada o‘lim jazosini tiklamoqchiligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda o‘lim jazosi tiklanmoqchiligi haqida ma'lum qildi. U bu haqda Eraglidagi nutqida aytib o‘tgan.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya oliy jazo chorasi sifatida o‘lim jazosini bekor qilib jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan. Erdo‘g‘an bunga misol tariqasida 2016 yil iyulda 251 kishining o‘limiga olib kelgan davlat to‘ntaruviga urinishni keltirib o‘tgan.
“Agar jinoyatchilar butun umrini turmada o‘tkazsa ham, ularni davlat boqishi kerakligi men uchun yoqimsizdir”, deb aytgan Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya parlamenti o‘lim jazosini tiklash haqidagi qonunni qabul qilsa, uni ratifikatsiya qilishga tayyorligini bildirgan.
Erdo‘g‘an bunday qonunni qabul qilishga tayyorligini 2018 yil avgustida ayta boshlagan. O‘shanda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin jamiyatda o‘lim jazosi kiritilishi maqsadga muvofiqligi haqida munozaralar paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025