Jamiyat | 13:42 / 20.03.2019
2065
3 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatiga o‘tgan yilga nisbatan 160,0 mln kilovatt soat ko‘p elektr energiyasi yetkazib beriladi

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

2019 yilda Navoiy viloyatida iste'molchilarga 7 338,7 mln. kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan  160,0 mln kVt.soat ko‘proqni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati

Joriy yil yakuniga qadar 466,0 km. uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 70 ta transformator punktlarida yangilash va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish va ushbu qurilish-montaj ishlari uchun 31496,0 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. 

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 208,6 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 55 ta transformator punktlarida yangi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilandi. Qolaversa, 171,3 km. elektr uzatish tarmoqlari va 108 ta transformator punktlari mukammal ta'mirlanadi. Buning uchun jami 15723,0 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Iste'molchilarning elektr energiya ta'minotini yanada yaxshilash uchun 1 128,2 km. uzunlikdagi 0,4-110 kV.li elektr uzatish tarmoqlari va 292 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Qishloq joylarida arzonlashtirilgan namunaviy uy-joylar, ko‘p qavatli arzon uy-joylar, xizmat uylari, harbiylar uchun va profilaktika inspektorlariga qurilgan uy-joylarning tashqi elektr ta'minoti uchun jami 21,0 km. elektr uzatish tarmoqlari va 19 ta transformator punktlarini yangidan qurish va 2310,0 mln. so‘m mablag‘ sarflash rejalashtirilgan.

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

Navoiy shahri aholisini hamda kichik sanoat zonasi va erkin iqtisodiy zonasida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni yetarli miqdorda elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 110/6 kV.li “BSI” podstansiyasidagi quvvati 16 000 kVA bo‘lgan kuch transformatorlarini quvvati 25 000 kVA bo‘lgan transformatorlarga almashtiriladi hamda mavjud 6 kV.li tarqatish qurilmalarini rekonstruksiya qilish uchun 14000,0 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Navbahor tumani hududida joylashgan 110/35/10 kV.li “Yangi Qo‘rg‘on” podstansiyasida 16000 kVA.li kuch transformatorini yuqori quvvatlisiga almashtirish uchun 6000,0 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. 

Natijada, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlari hamda Navoiy shahridagi aholi va ijtimoiy soha obektlari ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 146 ta mahalladagi  39152 dan ortiq aholi xonadonlari, shu bilan birga, tadbirkorlik sub'yektlarining hamda ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yanada mustahkamlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid