Sport | 17:30 / 21.03.2019
7091
4 daqiqa o‘qiladi

Bugundan Yevro-2020 saralashiga start beriladi

Foto: AFP

Bugundan Yevro-2020 saralashi start oladi, unda UYeFAga a'zo 55ta mamlakat terma jamoalari 24ta yo‘llanma uchun bahslarga kirishadi.

XVI Yevropa chempionati qit'aning 12ta davlati hududida bo‘lib o‘tishi tufayli hech qaysi jamoa mezbon sifatida saralashdan ozod etilmagan. Guruh bosqichida 55ta ishtirokchi 10ta guruhga bo‘lingan holda uy-safar tizimida kurash olib borishadi. Guruhlarning yarmida beshtadan, qolgan yarmida oltitadan terma jamoa o‘rin olgan.

10ta guruhda 1-2-o‘rin egalari – jami 20ta terma jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri final bosqichiga yo‘l oladi. 2020 yil mart oyida qolgan 4ta yo‘llanma sohibini aniqlash uchun pley-off bahslari bo‘lib o‘tadi. Pley-off ishtirokchilari, avvalgi saralash turnirlaridan farqli o‘laroq, guruh bosqichida ko‘rsatgan natijalari bo‘yicha emas, balki Millatlar ligasida qayd etilgan ko‘rsatkichlar hisobiga aniqlanadi.

Pley-offda 16ta terma jamoa ishtirok etadi va unda to‘rtta yo‘llanma uchun to‘rtta alohida mini-turnir tashkil etiladi. Jamoalarni aniqlashda Millatlar ligasidagi to‘rtta liga (A, B, C, D) asos qilib olinadi, bunda har bir divizionning to‘rttadan guruhi g‘oliblariga ustunlik beriladi. Agar Millatlar ligasida o‘z guruhi g‘olibi bo‘lgan jamoa Yevropa chempionati saralashidagi guruh bosqichi orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritib ulgurgan bo‘lsa, uning o‘rniga keyingi o‘rindagi terma pley-offda ishtirok etadi.

Har bir o‘tish turniri yarim final bahlari va final o‘yinidan iborat bo‘ladi, finalda g‘olib chiqqan jamoalar Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Yarim finallar faqat bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Ushbu to‘rtta o‘tish musobaqasi parallel ravishda 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.

YeVRO-2020 SARALAShI
«A» guruhi, 22 mart
Bolgariya – Chernogoriya
Angliya – Chexiya (00:45)

25 mart
Kosovo – Bolgariya
Qoratog‘ – Angliya (00:45)

«B» guruhi, 22 mart
Lyuksemburg – Litva
Portugaliya – Ukraina (00:45)

25 mart
Lyuksemburg – Ukraina
Portugaliya – Serbiya (00:45)

«C» guruhi, 21 mart
Niderlandiya – Belarus (00:45)
Shimoliy Irlandiya – Estoniya

24 mart
Niderlandiya – Germaniya (00:45)
Shimoliy Irlandiya – Belarus

«D» guruhi, 23 mart
Gruziya – Shveytsariya
Gibraltar – Irlandiya

26 mart
Irlandiya – Gruziya
Shveytsariya – Daniya

«E» guruhi, 21 mart
Xorvatiya – Ozarboyjon
Slovakiya – Vengriya

24 mart
Uels – Slovakiya
Vengriya – Xorvatiya

«F» guruhi, 23 mart
Malta – Farer orollari
Shvetsiya – Ruminiya
Ispaniya – Norvegiya (00:45)

26 mart
Malta – Ispaniya (00:45)
Norvegiya – Shvetsiya
Ruminiya – Farer orollari

«G» guruhi, 21 mart
Avstriya – Polsha
Makedoniya – Latviya
Isroil – Sloveniya

24 mart
Isroil – Avstriya
Polsha – Latviya
Sloveniya – Makedoniya

«H» guruhi, 22 mart
Albaniya – Turkiya
Andorra – Islandiya
Moldaviya – Fransiya (00:45)

25 mart
Turkiya – Moldaviya
Andorra – Albaniya
Fransiya – Islandiya (00:45)

«I» guruhi, 21 mart
Qozog‘iston – Shotlandiya
Kipr – San-Marino
Belgiya – Rossiya (00:45)

24 mart
Qozog‘iston – Rossiya (19:00)
San-Marino – Shotlandiya
Kipr – Belgiya

«J» guruhi, 23 mart
Bosniya va Gersegovina – Armaniston
Italiya – Finlyandiya (00:45)
Lixtenshteyn – Gretsiya

26 mart
Armaniston – Finlyandiya
Bosniya va Gersegovina – Gretsiya
Italiya – Lixtenshteyn (00:45)

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid