Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo Venesuelada hukumatni qo‘lga olish operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma'lum qildi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo uning tarafdorlari Venesuelada hukumatni qo‘lga olish bo‘yicha "Ozodlik" operatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishayotganini ma'lum qildi.
"Venesuelaliklar, biz hukumatdagi zo‘ravonlikka chek qo‘yishga, "Ozodlik" operatsiyasiga tayyorlanmoqdamiz. Bizni har bir shtatda kuting", - dedi Guaydo Karakasdagi matbuot anjumanida.
Uning aytishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma'muriyatining "sanoqli kunlari qolgan".
23 yanvar kuni muxolifat yetakchisi o‘zini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e'lon qildi. Uni AQSh va YeIdagi qator davlatlar tan oldi. Prezident Nikolas Maduro bu voqeani davlat to‘ntarishi deb atadi. Uni Rossiya, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025