Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaga ishga yuborishni va'da qilib 14 900 dollar olgan ayol ushlandi - IIV
2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahar Mirobod tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil iyul oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Avliyoota ko‘chasida yashovchi G.A. ismli ayol Sarikul ko‘chasida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Pochta ko‘chasida yashovchi J.Q. va uning tanishlarini Koreya davlatiga ishga yuborishda yordam berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u aldov yo‘li bilan J.Q.dan jami 14 900 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida G.A. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025