O‘zbekiston | 23:55 / 21.03.2019
57732
2 daqiqa o‘qiladi

«Sevgi iztirobi» serialidagi roli bilan tanilgan aktyor Kaan Urganjio‘g‘li O‘zbekistonga keldi

Taniqli turk aktyori Kaan Urganjio‘g‘li «Baron-2» filmining O‘zbekistonda tasvirga olinadigan epizodlarida qatnashish uchun Toshkentga yetib keldi.

Ma'lumot uchun, Kaan Urganjio‘g‘li 1981 yilning 8 may sanasida Turkiyaning Izmir shahrida tug‘ilgan. AQShda kollejni tamomlagan Urganjio‘g‘li 2000 yilda Istanbulga qaytgan va Marmara universitetining Moliya fakultetini tamomlagan. 

Aktyorlik faoliyatini 2002 yilda «Qorao‘g‘lon» filmida bosh rol ijrosi bilan boshlagan. O‘zbek tomoshabinlariga «Sevgi iztirobi» serialidagi Amir Ko‘zjio‘g‘li roli bilan tanilgan aktyor xorij filmlari va seriallaridagi ishtirokini 2018 yildan Amazon Video platformasining «Jyek Rayan» serialidan boshladi.

Eslatib o‘tamiz, rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan olinayotgan «Baron-2» filmi O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya va Misr Arab Respublikasi hududida suratga olinmoqda. Kinoloyihaga Hollivud aktyorlari, shuningdek Turkiya, Rossiya va Qozog‘istondan taniqli aktyorlar jalb etilgan.

Xususan, turk aktyorlari – Kaan Urganjio‘g‘li, Safo Zengin, Murod Oydin, mashhur qozoq aktyori Tauyekel Musilim «Baron-2» filmida rol ijro etishmoqda. 

Kun.uz muxbirining Rustam Sa'diyev bilan «Baron-2» va o‘zbek kinosi to‘g‘risidagi suhbatining to‘liq shaklini YouTube va Mover’dagi sahifalarimizda ko‘rishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Mavzuga oid