Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Suriya hududi IShIDdan to‘liq ozod etilganini ma'lum qildi
AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan AQSh prezidenti Donald Trampga Suriya hududi IShID terrorchilik guruhi jangarilaridan to‘liq ozod etilganini ma'lum qildi. Bu haqda Trampning matbuot kotibi Sara Sandersga iqtibos keltirgan holda Oq uy jurnalistlari ma'lum qildi.
“Sara Sanders hozirgina prezident samolyoti bortida jurnalistlar yoniga chiqib, IShID “xalifaligi” 100 foizga yo‘q qilinganidan darak beruvchi xaritani namoyish qildi”, deyilgan xabarda.
21 mart kuni Fox News telekompaniyasi Suriyaning Al-Baguz aholi punktidan reportajida IShIDning bu yerdagi oxirgi tayanch punkti bosib olingani, biroq ba'zi qarshilik o‘choqlari saqlanib qolinganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, avvalroq Tramp yaqin soatlarda Suriyada IShID batamom yo‘q qilinishini aytgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025