O‘zbekiston | 21:13 / 22.03.2019
12026
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda Xalqaro milliy liboslar festivaliga start berildi

21 mart, Navro‘z bayrami kuni Shahrisabzda II Xalqaro milliy liboslar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi uzbekistan.travel.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda Ozarboyjon, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistonning dizaynerlari ishtirok etib, milliy liboslar kolleksiyalarini namoyish etishdi.

Festival yakunida tantanali yopilish marosimi o‘tkazilib, unda uch nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi dizaynerlar aniqlanadi. Dizaynerlarning ishlari Rossiya, Belarus, Qozog‘istondan tashrif buyurgan mehmonlar va O‘zbekiston vakillaridan iborat hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.

Bundan tashqari, milliy liboslar festivali doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida ShHT mamlakatlarida O‘zbekistonning madaniy va badiiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga doir memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid