Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi kimyo zavodida yuz bergan portlashdan so‘ng uchta daryo to‘sib qo‘yildi
Xitoydagi kimyo zavodida portlash sodir bo‘lganidan so‘ng Sariq dengizga ifloslangan suv tushmasligi uchun uchta daryo to‘sib qo‘yildi. Bu haqda mamlakat ekologiya vazirligi xabar qildi.
Ekologiya vazirligi tuzgan maxsus guruh voqea sodir bo‘lgan joydagi holatni o‘rgandi va ana shunday qarorga keldi.
Xabar qilinishicha, kimyo zavodi Sariq dengizga quyiluvchi Xuanxe daryosi va uning uchta irmog‘iga yaqin bo‘lgan. Shu bois sanoat parki hududidan oqib o‘tuvchi Sinminxe, Sinfenxe va Sinnunxe daryolari to‘sib qo‘yilgan.
21 mart kuni Xitoyning Yanchen shahar okrugidagi Syanshuy uyezdida joylashgan “Chenszyagan” kimyoviy sanoat parkidagi “Tyanszyai” kimyo zavodida soat 14.00 atrofida portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi, 90 kishi og‘ir jarohat olgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025