Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elnur Abduraimov: Meyvezer va Pakyao kabi jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilganman
O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov rossiyalik Dmitriy Xasiyevga qarshi jangidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu professional ringdagi to‘rtinchi jangimda to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. O‘tgan yilning noyabrida men ancha tajribali braziliyalik bokschini nokaut qilgandim, bugun ham menga qarshi ancha jiddiy raqib duch keldi, u o‘ziga xos xarakterga ega va kuchli bokschi. Shunga qaramasdan men ringga o‘zimga yuqori ishonch bilan chiqdim va o‘z ishimni qildim. Xasiyevning himoyasi kuchli emasligini payqadim va payt topib, uning jigar qismiga kuchli zarba yo‘lladim.
Aytishni istardimki, o‘z oldimga Floyd Meyvezer va Meni Pakyao kabi jahon chempioni bo‘lish maqsadini qo‘yganman», degan bokschi.
23 mart kuni Yekaterinburg shahrida tashkil qilingan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazgan Elnur Abduraimov Dmitriy Xasiyevni 6 raundlik jangning 2-raundida nokautga uchratdi va muddatidan avval g‘alaba qozonib, o‘zining g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Mavzuga oid
08:30 / 08.05.2022
Shahram G‘iyosov yangi vazndagi ilk jangidayoq kamar qo‘lga kiritdi, Elnur Abduraimovda nokaut
08:48 / 03.08.2021
Shahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimov ham Olimpiadani medalsiz yakunlashdi
00:08 / 03.08.2021
Uch bokschi medalga yaqin, Assakalov va Jo‘rayev ham bahslarga qo‘shiladi
02:28 / 25.07.2021