Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mina haqidagi xabardan so‘ng Moskvadagi ikkita savdo markazidan 3,5 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
“Minalashtirilganlik” haqidagi xabardan so‘ng Moskva shimolidagi XL savdo markazidan 850 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda favqulodda xizmat vakiliga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
"Portlash xavfi haqidagi xabardan so‘ng Dmitrovskoye shosse, 89-uyda joylashgan XL savdo markazidan 850 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi", - deb ma'lum qilgan agentlik suhbatdoshi.
Moskva shimoli-sharqidagi yana bir yirik savdo-ko‘ngilochar markazidan esa 2,6 ming kishi evakuatsiya qilingani aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, Dmitrovskoye shosse, 163-uyda joylashgan "RIO" savdo-ko‘ngilochar markazi minalashtirilgani haqida anonim tahdid kelib tushgan. Shundan so‘ng 2,6 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Ayni vaqtda har ikki savdo markazida qidiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Fevral o‘rtalarida Sankt-Peterburgda mina haqidagi anonim xabarlar tufayli bir sutkada 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025