Jahon | 11:40 / 24.03.2019
17073
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov halokat yoqasida qoldi

Ayni vaqtda eshkakli qayiqda dunyo bo‘ylab ekspeditsiyani amalga oshirayotgan rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov dovul sababli halokat yoqasida qoldi. 

Sayyohning rafiqasi Irina Konyuxovaning aytishicha, sayyoh qayig‘ining tubiga bog‘langan holda yotibdi va dovuldan omon chiqishga harakat qilmoqda.    

“Og‘ir dovul. U sog‘-salomat, qayig‘i but, biroq to‘lqinlar juda ulkan”, deb aytgan Irina Konyuxova.

Foto: konyukhov.ru

Sayyohning do‘sti Vadim Tsiganovning ma'lum qilishicha, hozirda qayig‘i Janubiy Amerika sohillari yaqinida bo‘lgan Konyuxovning hayoti uchun ayni vaqtda haqiqiy xavf mavjud.  

Sayyoh qayiqda Antarktida sohillarini yuvib turuvchi barcha 3 ta okeanni kesib o‘tib, Gorn burnini aylanib o‘tmoqchi. Agar u buning uddasidan chiqsa, bu yo‘nalishni o‘tgan ilk sayyoh bo‘ladi. Sayyoh o‘z ekspeditsiyasini 2018 yil 6 dekabrda boshlagan va 2020 yilda Yangi Zelandiyada yakunlashi rejalashtirilgan.  

Avvalroq Konyuxov 2019 va 2020 yillarda havo sharida ikkita jahon rekordini o‘rnatmoqchiligi ma'lum qilingan. Buning uchun sayyoh 25 km balandlikka ko‘tarilib, dunyo atrofida ikki marta parvoz qilib chiqishi kerak. 

Mavzuga oid