Jahon | 23:21 / 25.03.2019
12995
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘rgimchak odam” xayrli ish uchun 185 metrlik binoga ko‘tarildi

Fransiyalik taniqli alpinist, osmono‘par inshootlarni zabt etish ishtiyoqi uchun “fransiyalik o‘rgimchak odam” deb nom olgan Alen Rober Parijdagi 4-raqamli eng baland bino – Engie’ga ehtiyot moslamasisiz yana ko‘tarildi.

AFP nashrining yozishicha, 56 yoshli Roberning bu aksiyasi mamlakat uchun ancha muhim muammo – Parij Avliyo ona ibodatxonasini tiklashga e'tiborni qaratishga chorlangan.

“Bu fransuz merosi barbod bo‘lib bormoqda”, deb aytgan Rober 185 metrlik binoga ko‘tarilgach. Unga buning uchun 45 daqiqa kifoya qilgan.

“O‘rgimchak odam”ning aytishicha, Notr-Dam de Parini tiklashga 150 mln yevro mablag‘ zarur. Aynan shuncha mablag‘ni Fransiya va xorijda xomiylar qidirayotgan faollar hisoblab chiqishgan.

“Alen Rober biz bilan bog‘lanmadi, biz undan biror narsa so‘ramadik, ammo bu aksiya bizga yordam berishi mumkin”, deb aytilgan Notr-Dam de Pari do‘stlari jamiyatida.

Rober Engie binosiga 2018 yil ham ko‘tarilgan. Umuman olganda, fransuz tomonidan zabt etilgan binolar orasida Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, turli davlatlardagi banklar ofislari, Moskvadagi MGU bosh binosi va hattoki dunyodagi eng baland bino – Dubaydagi “Burj-Halifa” bor.

Mavzuga oid