Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston Pokiston bosh vazirining bayonoti sababli Islomoboddagi elchisini chaqirib oladi
Afg‘oniston TIV Pokiston bosh vaziri Imron Xonning bayonoti sababli maslahatlashish uchun Islomoboddagi elchisini chaqirib oladi.
Avvalroq Imron Xon Afg‘oniston hukumati "Tolibon" harakati bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotganini bildirgan va boshi berk ko‘chadan chiqish uchun vaqtinchalik hokimiyat organlarini tashkil qilishni maslahat bergandi.
Afg‘oniston TIV, shuningdek, Pokiston elchisining o‘rinbosarini ham chaqirgan.
"TIV Pokiston bosh vazirining tinchlik jarayoni va o‘tish hukumati tashkil etilishi borasidagi o‘ylanmasdan qilingan bayonotiga norozilik bildiradi", - deyiladi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
TIVning qayd etishicha, bunday so‘zlar yana bir bor Pokistonning aralashish siyosati va Afg‘oniston milliy suverenitetiga nisbatan hurmatsizligi namunasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025