O‘zbekiston | 17:55 / 26.03.2019
38008
2 daqiqa o‘qiladi

Dubay amiri Tvitterda o‘zbek tilida tvit yozdi

BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Tvitterda o‘zbek tilida tvit yozdi.

“Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi”, deyiladi unda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 26 mart kuni Dubay shahrida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari Shavkat Mirziyoyevning Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan “Zaabil” saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi. 

Dubay amiri o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.

O‘zbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid