Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2020 saralashi. Portugaliyada navbatdagi durang, Angliya va Fransiyada yana yirik g‘alabalar
2020 yilgi Yevropa chempionatiga saralashning guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Birinchi turda Ukraina bilan golsiz durang o‘ynagan Portugaliya 2-turni ham o‘z maydonida o‘tkazib, bu safar Serbiyani yenga olmadi –1:1. Natijada ikkinchi juftlikda Lyuksemburgni safarda mag‘lub etgan Ukraina 4 ochko bilan «B» guruhi peshqadamiga aylanib oldi. Lyuksemburgda 3, Portugaliyada 2, Serbiya hisobida 1 ochko bor; Litva termasi hozircha ochko jamg‘ara olmagan.
«A» guruhida esa Angliya termasi navbatdagi yirik g‘alabasini nishonladi. Inglizlar bu turda Qoratog‘ bilan safardagi bahsda 5:1 hisobida ustun kelishdi. Garet Sautgeyt jamoasi o‘tgan hafta Chexiya darvozasiga ham beshta to‘p kiritgandi. Dastlab Qoratog‘, kecha Kosovo bilan bir xil 1:1 hisobida durang qayd etgan Bolgariya 2 ochko bilan Angliyaning eng yaqin ta'qibchisiga aylangan.
Amaldagi jahon chempioni Fransiya terma jamoasi ham navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Fransuzlar ham ilk o‘yindagi kabi (Moldova, 4:1) ikkinchi turda ham to‘rtta to‘p kiritishdi, bu gal Islandiya ularning gollariga birorta ham javob qaytara olmadi – 4:0. Shuningdek, Turkiya ham dushanba oqshomida Moldova darvozasiga to‘rtta gol urib, dastlabki ikki turda maksimal olti ochko to‘plashga erishdi.
Bugun saralashning uchta guruhidagi o‘yinlar bilan 2-turga yakun yasaladi.
«A» guruhi
Kosovo – Bolgariya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 39 Bojikov, 1:1 – 61 Zeneli.
Qoratog‘ – Angliya 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar: 1:0 – 17 Veshovich, 1:1 – 30 Kin, 1:2 – 38 Barkli, 1:3 – 59 Barkli, 1:4 – 71 Keyn, 1:5 – 80 Sterling.
Angliya – Pikford, Uoker, Rouz, Kin, Rays, Xadson-Odoi, Barkli (Uord-Prouz, 82), Sterling, Alli (Xenderson, 64), Maguayr, Keyn (Uilson, 83).
«B» guruhi
Lyuksemburg – Ukraina 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 34 Tyurpel, 1:1 – 40 Tsygankov, 1:2 – 90+3, avtogol Rodriges.
Portugaliya – Serbiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 7, penalti Tadich, 1:1 – 42 Danilu Pereyra.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Gerreyru, Joau Kanselu, Pepe, Diash, Vilyam Karvalyu, Danilu Pereyra, Bernardu Silva, Rafa Silva (Gedesh, 84), Ronaldu (Pitssi, 31), Diyego Souza(Andre Silva, 58).
Serbiya – Dmitrovich, Spayich, Rukavina, Mladenovich, Milenkovich, Maksimovich, Gachinovich (Radonich, 21), Lyayich (Milinkovich-Savich, 87), Lazovich (Jivkovich, 69), Tadich, Mitrovich.
«H» guruhi
Turkiya – Moldova 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Kaldirim, 2:0 – 26 Tosun, 3:0 – 53 Tosun, 4:0 – 70 Oyxon.
Fransiya – Islandiya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 12 Umtiti, 2:0 – 68 Jiru, 3:0 – 78 Mbappe, 4:0 – 84 Grizmann.
Fransiya – Loris, Pavar, Umtiti, Varan, Kurzava (Kimpembe, 85), Kante (Lemar, 80), Pogba, Matyuidi, Jiru (Sissoko, 90), Grizmann, Mbappe.
Andorra – Albaniya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 21 Sadiku, 0:2 – 87 Balay, 0:3 – 90+6 Abrashi.
26 mart
«D» guruhi
Irlandiya – Gruziya
Shveytsariya – Daniya
«F» guruhi
Malta – Ispaniya (00:45)
Norvegiya – Shvetsiya
Ruminiya – Farer orollari
«J» guruhi
Armaniston – Finlyandiya
Bosniya va Gersegovina – Gretsiya
Italiya – Lixtenshteyn (00:45)
Mavzuga oid
17:20 / 22.11.2019
Yevro-2020 saralashi pley-off bahslariga qur'a tashlandi
03:08 / 20.11.2019
Yevro-2020 saralashi. Remzining dubli Uelsni Yevroga olib chiqdi, Germaniya, Belgiya va Niderlandiyada yirik g‘alaba
03:34 / 19.11.2019
Yevro-2020 saralashi. Shveytsariya va Daniya Yevropa chempionatiga chiqdi, Italiyadan 9ta, Ispaniyadan 5ta gol
15:27 / 18.11.2019