Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda «to‘xtab turish» qoidasi buzilishini onlayn qayd etish tizimi dastlab qayerlarda ishlatilishi ma'lum qilindi
Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umrxonovning ma'lum qilishicha, tirbandliklar va noqulayliklarning oldini olish maqsadida «Yo‘l harakati qoidalari»ning 3.27 yo‘l belgisi ta'siri ostidagi hududda qoldirilgan mashinalar onlayn tartibda, harakatdagi avtopatrullar tomonidan qayd etilib, qoidabuzarlik avtomatik tartibda rasmiylashtiriladi va manzilga xat yuboriladi.
Hozirgi kunda IIBB va MIB o‘rtasidagi faoliyat muvofiqlashtirilishi yakuniga yetgan va vaqtida to‘lanmagan jarimalar avtomatik tarzda majburiy undiruvga oshiriladi.
«To‘xtab turish» qoidasi buzilishi onlayn qayd etilishi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dastlab poytaxtning eng tig‘iz bozorlarida, masalan «Chorsu» bozori atrofida, shuningdek eng ko‘p e'tirozlarga sabab bo‘layotgan bekatlar hududlarida qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi
16:58 / 11.12.2024
Avtomobilning piyodalar yo‘lagida harakatlangani uchun javobgarlik belgilanadi
16:12 / 06.12.2024
Piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun yangi yo‘l belgisi joriy etiladi
20:30 / 18.07.2024