O‘zbekiston | 19:55 / 27.03.2019
10028
1 daqiqa o‘qiladi

Nukusdagi xonadonda 20 ming shishaga yaqin alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi

Departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta “DAMAS” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi, deb yozadi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Tekshiruvda fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2844 shisha “Qaratau” nomli aroq mahsulotlarini sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan. 

Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln so‘mlik jami 19687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid