Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Tuyabo‘g‘iz GES foydalanishga topshirildi
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshidagi yangi gidroelektr stansiya foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».
Bildirilishicha, GES loyihaviy qiymati 15,8 million dollarga teng bo‘lib, shundan 8,1 million dollari XXR «Eksimbank»i tomonidan moliyalashtirilgan.
Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES o‘n to‘rt oy ichida qurib bitkazilgan. Ilgari bunday inshoot barpo etish uchun kamida uch yil vaqt sarflangan.
Mutaxassislarning aytishicha, GESning umumiy quvvati 11,4 MVtga teng. Bu yiliga o‘rtacha 41,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1 ming 600 ta xonadonning elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta'minlanadi, deganidir.
Bundan oldin, «O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi 2025 yilgacha quvvati 30 MVt.dan ortiq bo‘lgan 4ta katta GESni, 16ta yangi kichik GESni qurishi va 21ta hozir ishlab turgan GESni modernizatsiya qilishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.
Barcha amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati 2,6 milliard dollardan oshadi, ulardan qariyb 600 million dollari - jalb etilayotgan kredit mablag‘lari.
Mavzuga oid
20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi
13:38 / 28.03.2025