Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sobiq vazirlardan biri qo‘lga olindi. U uyushgan jinoiy guruh tashkil etishda ayblanmoqda
Moskvada maxsus xizmatlar Ochiq hukumat ishlari bo‘yicha sobiq vazir Mixail Abizovni qo‘lga olish amaliyotini o‘tkazdi. U yaqinda Italiyadan qaytib kelgandi. Bildirilishicha, u energetika kompaniyalari mablag‘larini xorijga olib chiqib ketgan, bularning bari jinoiy guruh doirasida amalga oshirilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi saytida ham Moskvada Ochiq hukumat sobiq vaziri Mixail Abizov qo‘lga olingani to‘g‘risida ma'lumot paydo bo‘ldi.
Unga firibgarlik (RF Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) va uyushgan jinoiy guruhni tashkil etish (Jinoyat kodeksining 210-moddasi) ayblovi qo‘yilgan. U ochilgan ishda nomi qayd etilgan besh nafar ayblanuvchi bilan birgalikda qator energetika kompaniyalari mablag‘larini o‘g‘irlab, chet elda joylashgan offshor kompaniyalarga olib chiqib ketgan. Zarar 4 milliard rublni tashkil qiladi.
Ma'lumki, o‘tgan yili Abizov ushbu vazirlik tarqatib yuborilganidan keyin iste'foga chiqarilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025