Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekistonda yirik shamol elektr stansiyasi qurishda yordam beradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi doirasida energetika sohasida qator kelishuvlarga erishilgan. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida ma'lumot berdi.
«Shuni aytish kerakki, Birlashgan Arab Amirliklarida prezidentimizni eng qadrdon do‘st sifatida qabul qilishdi. Barcha muzokaralar do‘stona va o‘ta iliq muhitda bo‘lib o‘tdi. Amirliklar rahbarlari O‘zbekiston bilan hamkorlikka astoydil intilmoqda.
Ishonch bilan aytish mumkinki, prezidentimizning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi juda muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi. Tashrif yakunlariga ko‘ra, 10 milliard 675 million dollarlik bir qator loyihalar bo‘yicha salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Bu loyihalar diversifikatsiya qilingan: manzili, maqsadi, mablag‘i, vaqti aniq. Misol uchun, neft-gaz sohasini oladigan bo‘lsak, bu boradagi loyihalar geologik-qidiruvdan tortib, qazib olish va chuqur qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Energetika sohasida esa nafaqat an'anaviy issiqlik elektr energiyasi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish orqali, energetika yo‘nalishidagi boshqa ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Bu Mubadala Utilities kompaniyasi bilan hamkorlikda ro‘yobga chiqariladi.
Shuningdek, muqobil energetika sohasi, xususan, shamol, quyosh energiyasi bo‘yicha ham aniq ishlar bajariladi. Umuman, BAA bilan hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Mening fikrimcha, muhtaram prezidentimiz tashrifi yakunlari bo‘yicha maksimal natijalarga erisha oldik. Gap faqat loyiha va kelishuvlar miqdorida emas, balki ularning sifati haqida ham bormoqda.
Ya'ni, Birlashgan Arab amirliklarining Mubadala Utilities, Mubadala Petroleum, Masdar va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik orqali biz O‘zbekistonga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etmoqdamiz. Tashrif yakunlari bo‘yicha biz bu mamlakatning energetika sohasidagi eng yetakchi kompaniyasi bo‘lmish Masdar bilan O‘zbekistonda quvvati 500 megavattli shamol elektrostansiyasi qurish bo‘yicha kelishib oldik. Shuningdek, biz quyosh energetikasi bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishdik. Bu loyihalar bo‘yicha ishlar shu yilda boshlanadi», degan Elyor G‘aniyev.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025