Jamiyat | 11:18 / 28.03.2019
24402
2 daqiqa o‘qiladi

Jigar sirroziga uchraganligi sababli xayriya aksiyasi tashkil etilgan Abdusolih vafot etdi

Joriy yilning boshida Kun.uz tahririyati jigar sirrozidan azob chekayotgan 5 oylik Abdusolih haqida xabar bergandi.

Ushbu oilaga bir necha marta qilingan e'lonlar bilan mablag‘ yig‘ilgan edi. Oila bolakayning ahvoli yomonlashgani tufayli yig‘ilgan mablag‘ bilan Hindistonga jo‘nab ketgan.

Xayriya aksiyasi davomida ko‘plab insonlar qo‘ldan kelgancha ko‘mak berishga harakat qildi. Kimdir moddiy tomondan, kimdir ruhan qo‘llab-quvvatlab, bemorning yaqinlariga tirgak bo‘lishga intildi.

Afsuski, bu bolaning umri qisqalik qildi va berilgan muolajalar yordam bermadi. 

Bu oilaga o‘z ko‘magini berib kelayotgan jonkuyar insonlardan biri bizga aloqaga chiqdi va ushbu mash'um xabarni yetkazdi. 

«Operatsiyaga tayyorlanish vaqtida bo‘ldi hammasi. Operatsiyadan oldingi muolajalarda 1-2ta dorilar bergandik, bolam ko‘tara olmadi» - deb aytib o‘tdi bemorning otasi Akmal Dehqonov.

Abdusolihning xayriya aksiyasida o‘z ko‘magi bilan faol bo‘lgan insonlarga tahririyat minnatdorchilik bildiradi. 

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolariga ta'ziya izhor etadi. Barchamizni insoniylik xislatlari tark etmasin.

Mavzuga oid