Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: Har yili 20 nafar yosh professor-o‘qituvchi va murabbiy xorijga yo‘llanadi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2019-2023 yillar mobaynida har yili O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga asosan istisno tariqasida tanlov o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 20 nafar yosh professor-o‘qituvchi va murabbiylarning xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarida ta'lim olish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash xarajatlarini “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga asosan 2019-2023 yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarida ta'lim olgan, malaka oshirgan, stajirovkadan o‘tgan professor-o‘qituvchilar va trenerlar davlat ta'lim muassasalarida qishki sport turlari yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida kamida 5 yil muddat faoliyat olib borishadi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
12:17 / 07.05.2025
Toshkentda 61 yoshli o‘qituvchi o‘quvchiga shilqimlik qildi
13:29 / 05.05.2025