Sport | 19:46 / 28.03.2019
2893
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini ishlab chiqarishda yordam beradi

Koreya Respublikasining «Young one Corporation» kompaniyasi O‘zbekistonning qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini o‘zbek brendi ostida ishlab chiqarishda yordam beradi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

27 mart kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida «Young one Corporation» kompaniyasi rahbari janob Sung Kixak bilan muzokaralar o‘tkazildi. Kompaniya taniqli The North Face brendi ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 

Uchrashuv davomida tomonlar tekstil sohasida hamkorlik qilishga oid masalalarni muhokama qilishdi. 

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Koreya tomonning mamlakatimiz qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi uchun o‘zbek brendi ostida sport formasi kolleksiyalarini ishlab chiqarishda ko‘mak berishiga kelishildi. 

Ta'kidlash joizki, 27-29 mart kunlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Seul shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kuni ikki tomonlama uchrashuvlar va Koreya tekstil sanoati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid