Jahon | 13:16 / 28.03.2019
30903
2 daqiqa o‘qiladi

Putin gvardiyachilarga qirg‘iz tilida murojaat qildi

Foto: Konstantin Zavrajin/RG

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida faxriy qorovuldagi gvardiyachilarga qirg‘iz tilida murojaat qildi. Bu haqda 28 mart, payshanba kuni jurnalist Dmitriy Smirnov o‘z Telegram-kanalida yozgan.

Putin payshanba kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Tadbir respublika davlat protokolining yangi qoidalariga asosan o‘tkazildi: «Ala-Archa» davlat qarorgohi kongress-xolli oldida postamentli marmar chodir qurildi.

Dastlab Qirg‘iziston prezidenti yetib kelgan, Rossiya yetakchisi «Aurus»da biroz vaqt o‘tgandan keyin kirgan. Rossiya va Qirg‘iziston rahbarlari postamentga ko‘tarilishdi, u yerda ularni milliy gvardiya faxriy qorovuli kutib oldi. Shundan so‘ng, Putin va Jeenbekov faxriy qorovul rotasi bayrog‘iga yaqinlashgan va safni chetlab o‘tishgan.

«Salom Askar», - deya murojaat qilgan harbiylarga Putin.

Bundan oldin, Putin Bishkekka kelgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid