«Qattiq ogohlantirish». Xitoy AQShning Tayvan bo‘yicha qaroridan g‘azabda

Foto: REUTERS
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Tayvanga yangi qiruvchi samolyotlar va tanklarni sotish rejalari tufayli AQShga «qattiq ogohlantirish» bilan chiqqan. Vakilning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirildi.
Shuan eslatishicha, Xitoy Amerika qurollarining Tayvanga sotilishi bo‘yicha «aniq va o‘zgarmas» pozitsiyaga sodiq hamda u AQShni «yagona Xitoy» tamoyiliga rioya qilishga chaqirdi.
Bundan oldin, Bloomberg AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Tayvanning 60ta F-16 qiruvchi samolyotini sotib olishiga rozi bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025