Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda 45 000 000 so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
2019 yil 20 mart kuni noma'lum shaxs Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi I.R.ning uyiga deraza oynasini sindirib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan 45 000 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzabog‘lon mahallasida yashovchi Sh.E. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025