Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat sodir etgani sababli qidiruvga e'lon qilingan shaxslar Rossiyada qo‘lga olindi - IIBB
Toshkent shahar IIBB xodimlari chet davlatlardagi hamkasblari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklari natijasida, jinoyat sodir etib, tergov va suddan boshqa davlatlarda yashirinib yurgan shaxslarning turar joyini aniqlashmoqda.
IIBB xabarida aytilishicha, yil boshidan buyon RFdan Toshkent shahar IIBBga 9 nafar tergov va suddan yashiringan ayblanuvchilar qo‘lga olinib, etap qilinganlar.
17 mart kuni Moskvada Toshkent shahar IIBB so‘roviga binoan uch nafar jinoyat sodir etganliklari sababli qidiruvga e'lon qilingan shaxslar qo‘lga olindilar: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 (“Firibgarlik”) va 169-moddasida (“O‘g‘rilik”) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun qidiruvga e'lon qilingan 27 yoshli A.Sh.; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e'lon qilingan 27 yoshli namanganlik A.X.; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasida (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e'lon qilingan 32 yoshli G.S.
24 mart kuni Novosibirskda mahalliy politsiya xodimlari Toshkent shahar IIBBning so‘roviga binoan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasida (“Firibgarlik”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e'lon qilingan 39 yoshli L.R.ni qo‘lga olishdi.
Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan sud tomonidan hibsga olish chorasi qo‘llanilgan. Qo‘lga olingan shaxslar O‘zbekistonga sud ishlarini davom ettirilishi uchun qaytarilib, jazoning muqarrarligi prinsipi ta'minlangan.
Bildirilishicha, qo‘lga olingan shaxslar O‘zbekistondan tashqarida bo‘lganliklariga qaramasdan, ularning turar joylari Toshkent shahar IIBBning chet ellik hamkasblari bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorliklari natijasida aniqlangan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025