Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari ishining asosiy yo‘nalishlari belgilanadi

Foto: milliygvardiya.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son «Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi 421-son «Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati tashkil qilingan;
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 29 yanvardagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga berilgan va ularning doimiy joylashtirilgan joyi o‘zgartirishsiz qoldirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining shtatlari hisobidan qo‘riqlash faoliyatini tashkil etilishiga shaxsan javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi kiritilgan.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni tashkillashtirish hamda ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obektlarida ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
qo‘riqlanayotgan obektlarda ichki, ruxsat berish rejimlari va mol-mulk qo‘rig‘ini, huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etilishini ta'minlash;
jamoat tartibini saqlash va ta'minlashga ko‘maklashish, qo‘riqlanadigan obektlarda huquqbuzarliklarni oldini olish;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni ta'minlash, ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni amalga oshirish;
aholining Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkillashtirish;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining tashkiliy-shtat va kadrlar bilan ishlashni amalga oshirish.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari (Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari) o‘z vakolati doirasida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etish hamda qo‘riqlash faoliyati bo‘yicha davlat siyosatini (shu jumladan qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni) amalga oshirish, shuningdek davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni ta'minlashga doir Milliy gvardiyaning vazifalarini amalga oshiradigan vakolatli organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari qo‘riqlanadigan obektlarda huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash vazifasini amalga oshiradilar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlash faoliyatining boshqa turlarini tashkil etish Milliy gvardiya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, shuningdek qo‘riqlash xizmatlarining tariflari (narxlari) Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek budjet tashkilotlari o‘z obektlarida ruxsat berish rejimini va mol-mulklarini qo‘riqlashni ta'minlashda – shartnoma asosida faqat Milliy gvardiyaning xizmatidan foydalanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining huquq va burchlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga berilgan qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining xodimlari – Milliy gvardiyaning xodimlari hisoblanib, huquqiy maqomi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan barcha imtiyozlar saqlanib qolinadi, bepul tibbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingunga qadar Milliy gvardiya tarkibiga berilayotgan bo‘linmalar uchun ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan qo‘riqlash faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingunga qadar amaldagi qonun hujjatlari amal qiladi.
Mavzuga oid

09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi

12:29 / 25.01.2025
Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

15:58 / 21.01.2025