O‘zbekiston | 16:54 / 29.03.2019
1999
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro atom energiyasi agentligi Respublika endokrinologiya markaziga zamonaviy tomograf o‘rnatib beradi

SPECT/CT tomografi

Vazirlar Mahkamasining respublikada endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va rivojlantirish, aholiga yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadidagi farmoyishi qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha:

a) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan zamonaviy nona ion SPECT/CT tomografini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda;

b) loyihaning umumiy qiymati 725,0 ming yevroni tashkil etadi, undan:

525,0 ming yevro Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan homiylik xayriyasi sifatida ajratiladi;

Xalqaro atom energiyasi agentligiga 200,0 ming yevro Markaz tomonidan to‘lab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihani moliyalashtirish uchun Markazga 3 yil muddatga yillik 1 foizlik stavka bo‘yicha 200,0 ming yevro budjet ssudasi ajratilishini ta'minlaydi.

Markaz:

budjet ssudasidan loyihani amalga oshirish uchun maqsadli foydalanilishini;

budjet ssudasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatda to‘liq qaytarilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid