Superliga. «Lokomotiv» yagona gol evaziga «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Superligada 2-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Lokomotiv» o‘z maydonida «Navbahor» bilan bellashdi. O‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi. «Lokomotiv» esa o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi. 64-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.
Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 3 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi, «Navbahor» esa 1 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Superliga, 2-tur
30 mart, Toshkent, «Lokomotiv» stadioni, 4118 tomoshabin
Lokomotiv (Toshkent) – Navbahor (Namangan) 1:0 (0:0)
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (64)
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Anzur Ismailov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filipp Rayevats 90), Azizbek Amanov (Arslonmurod Amanov 55), Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov 90), Igor Yelich
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Oston O‘runov (Abbos G‘ulomov 46), Azim Ahmedov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev (Slavko Lukich 15), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (Bahodir Nasimov 72), Jahongir Mehmonov
Ogohlantirishlar: To‘xtaxo‘jayev (30), Ismailov (40) - O‘runov (13), Mehmonov (69), Ahmedov (80), Yusupov (90)
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

17:43 / 30.11.2024