Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 apreldan shifokorlar oylik maoshi oshiriladi
2018 yil 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolangandi.
Qarorda davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari qayta ko‘rib chiqilgan.
Unga ko‘ra, ularning oyligi 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar va 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilishi nazarda tutilgandi.
Shuningdek, 1 apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini «har bir davolangan holat» uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimini eksperiment tartibida joriy etilishi belgilangan. Eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini 2020 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, joriy yil 1 iyuldan boshlab
- viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pulli asosda amalga oshiriladi;
- ayrim davolash-profilaktika muassasalarini ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari asosida belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish;
- O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi.
Mavzuga oid
16:20 / 06.01.2025
Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi
15:31 / 08.09.2024
O‘zbekistonda ishlayotgan ayol shifokorlar soni ma’lum qilindi
16:28 / 02.03.2024
Janubiy Koreyada shifokorlar ish tashladi – ular hukumatga nega norozilik bildiryapti?
15:35 / 13.07.2023