Jahon | 21:04 / 31.03.2019
14777
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi sud Trampning qarorini noqonuniy deb topdi

AQShning Alyaska shtati federal sudyasi AQSh prezidenti Donald Trampning Arktika va Atlantika okeanida neft va gaz quduqlarini burg‘ilashni taqiqlovchi qarorni bekor qilish haqidagi farmonini noqonuniy deb e'lon qildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi. 

Sudya Sheron Glison prezidentda neft va gaz lizingi milliy dasturidan hududlarni istisno qilish huquqi borligini, biroq kongressgina unga yangi hududlar kirita olishini ta'kidlab o‘tgan.

AQShning avvalgi prezidenti Barak Obama o‘zining prezidentlik muddati so‘ngida umumiy maydoni 518 ming kvadrat kilometrni tashkil qiluvchi Atlantika okeanining bir qator hududlari va Alyaska sohilbo‘yida neft va gaz quduqlarini burg‘ilashni taqiqlagan. Tramp bu taqiqlovni 2017 yil aprelida bekor qilib, Chukotka va Bofort dengizlaridagi shelfda qazish ishlarini olib borishga ruxsat bergan.  

Mavzuga oid