Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada sportchi ayol vafot etganidan ikki oy o‘tib farzandli bo‘ldi
Portugaliyalik kanoechi Katarina Sekeyra miyasi o‘lgan deb e'lon qilinganidan ikki oy o‘tib ko‘zi yoridi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 26 yoshli sportchi homiladorligining 19-haftasida o‘tkir astma xuruji tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Ayol sun'iy koma holatiga tushirib qo‘yilgan, ammo bir necha kundan so‘ng shifokorlar miyaning o‘lganligini qayd etishgan.
Qolgan kunlar davomida shifokorlar Sekeyraning tanasi yashashini tutib turishgan. Homiladorlikning 32-haftasida ular kesarcha kesishni amalga oshirishdi. Bola tug‘ilganidan so‘ng shifokorlar Sekeyraning tanasini yashashni ta'minlash tizimidan uzib qo‘yishdi.
Qayd etilishicha, bola o‘g‘il bo‘lib, 1,7 kilo tug‘ilgan va sog‘lom. Uni Sekeyraning turmush o‘rtog‘i tarbiyalaydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
17:12 / 28.04.2025