Jahon | 23:20 / 01.04.2019
17389
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi rossiyalik harbiylardan Venesuelani tark etishni so‘radi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Venesueladagi rossiyalik harbiylarga va mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga Venesuelani tark etishni taklif qildi. Pompeo bu haqda 1 aprelda WHP 580 radiostansiyasi efirida aytib o‘tgan.

Davlat kotibi AQSh prezidenti Donald Tramp 2 kun avval rossiyalik harbiylarga Venesueladan “yo‘qolish”ni taklif qilgani, biroq uning bu chaqirig‘i e'tiborga olinmaganini eslatib o‘tgan.

Pompeoning aytishicha, rossiyalik harbiylar bilan birga mamlakatni Nikolas Maduro ham tark etishi kerak.

Pompeo AQShda bu mavzuga yetarlicha e'tibor berilmayotganidan shikoyat qilgan.

Ma'lum qilinishicha, rossiyalik harbiylar Venesuelada harbiy-texnik hamkorlik haqidagi kelishuv doirasida qolmoqda. Avvalroq AQShda rossiyalik harbiylar Venesuela energiya tizimidagi avariyadan ziyon yetgan havo hujumiga qarshi tizimini tiklashda gumon qilinayotganlari aytilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid