Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident AQSh tomonidan o‘zbek paxtasiga boykot bekor qilingani paxta sanoatiga keng yo‘l ochishini ta'kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni belgilash, o‘tgan yili mart oyida uyushtirilgan tashrif davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga borgani haqida oldin xabar bergan edik.
«O‘zbekiston 24» telekanalida prezidentning Buxoroga mazkur tashrifi haqida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagan. Shundan so‘ng prezident G‘ijduvon tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas'uliyati cheklangan jamiyatining 9 gektardan ziyod maydonida tashkil etilgan yirik loyiha — ip yigiruv korxonasini borib ko‘rdi, ishchilar bilan gaplashdi.
Prezident AQSh tomonidan o‘zbek paxtasiga boykot bekor qilingani, bu esa o‘zbek paxta yetishtiruvchilari endi AQSh bozorlariga ham kirib bora olishi, xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan biznes aloqalarni kengaytirishga yo‘l ochilganini ta'kidladi.
Endigi navbat — biz paxtamizni chuqur qayta ishlab, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini yanada oshirishdan iborat, dedi prezident.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024