Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turinda porlayotgan yangi yulduz, Rimdagi kutilmagan natija, Milan klublarining muvaffaqiyatsizligi va Italiyada turning boshqa voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 29-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.
TURINDA YaNGI YuLDUZ PORLAMOQDA
«Yuventus» o‘z maydonida autsayderlardan biri «Empoli»ni qabul qildi. «Keksa sinora» mart oyida juda og‘ir o‘yinlarni o‘tkazdi. Bundan tashqari, futbolchilar milliy jamoalar tarkibida ham maydonga tushdilar. Natijada, yig‘ilib qolgan charchoq alomatlari ko‘zga tashlanib qoldi. Ustiga-ustak Krishtianu Ronaldu jarohat oldi. Natijada, yetakchisiz «Yuventus»ning o‘yini unchalik qovushmadi. Jamoa 1 soatdan ortiq vaqt davomida raqib darvozasiga yo‘l topolmadi.

Shundan so‘ng, maydonga Moyze Ken tushirildi. Yosh hujumchiga darvozani ishg‘ol etish uchun 3 daqiqa kifoya qildi. Kellini uzoqdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Manjukich uni Kenga qoldirdi va hujumchi qulay vaziyatni qo‘ldan boy bermasdan, jamoaga g‘alaba keltiruvchi yagona golni urdi. Bu Kenning A Seriyada o‘tkazilgan 5ta o‘yinidagi 3-goli bo‘ldi. Katta ehtimol bilan Turinda yangi yulduz porlamoqda.
Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 78 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Turinliklar qolgan 9ta o‘yindan 4tasida g‘alaba qozonsa, chempionlikni qo‘lga kiritishadi.
Yuventus – Empoli 1:0 (0:0, 1:0)
30 mart, «Alyans Stedium»
Gol: 1:0 – 72 Ken.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Rugani, Kellini, Aleks Sandro (Spinatssola, 61), Bernardeski (Kaseres, 84), Bentankur, Jan, Pyanich, Matyuidi (Ken, 69), Manjukich.
Empoli – Drongovski, Veseli, Mayyetta (Paskual, 80), Dell`Orko, Di Lorenso, Traore, Bennaser, Krunich (Akkua, 80), Payach (Uchan, 79), Farias, Kaputo.
«NAPOLI» «ROMA»NI «YeR TIShLATDI»
«Roma» va «Napoli» o‘rtasida Rimda o‘tkazilgan o‘yin kutilmagan natija bilan yakunlandi. Neapolliklar raqibini 4:1 hisobida tor-mor etishdi.
2-daqiqadayoq «Napoli» hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi: tezkor hujumda Milik chiroyli gol urdi. Ammo, bu mezbonlarning shashtini pasaytirmadi. «Roma» tashabbusni qo‘lga olib, hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qildi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqasida «Napoli» posbonining xatosi «Roma»ga qo‘l keldi. Meret jarima maydoni ichida raqib hujumchisini qoidabuzarlik bilan to‘xtatib qoldi. Perotti esa penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

2-bo‘limning dastlabki daqiqalari o‘yin taqdirini hal qildi. 50-daqiqada Mertens darvozabonning qo‘lidan chiqib ketgan to‘pni to‘rga yo‘llagan bo‘lsa, 55-daqiqada Verdi kuchli zarba bilan gol urib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. «Roma» bunday ruhiy zarba tagidan chiqib ketolmadi. 81-daqiqada Yunus yana bitta gol urib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.
Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 63 ochko bilan 2-o‘rinda, «Roma» esa 47 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Roma – Napoli 1:4 (1:1, 0:3)
31 mart, «Stadio Olimpiko»
Gollar: 0:1 – 2 Milik, 1:1 – 45, penalti Perotti, 1:2 – 49 Mertens, 1:3 – 54 Verdi, 1:4 – 81 Yunus.
Roma – Olsen, Santon, Manolas, Fasio, Kolarov, Kristante, de Rossi (Klyuyvert, 82), Nzonzi, Shik (Dzanolo, 63), Jyeko, Perotti (Under, 82).
Napoli – Meret, Xyusay (Malkyui, 68), Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Fabian Ruis, Verdi (Yunus, 74), Mertens (Una, 58), Milik.
Ogohlantirishlar: Shik (13), Maksimovich (17), Manolas (36), Jyeko (37), Milik (43), Kolarov (66).
MILAN KLUBLARINING INQIROZI CheMPIONLAR LIGASI YO‘LLANMASI UChUN KURAShNI QIZDIRDI
Bu turda Milanning har ikkala klubi muvaffaqiyatsiz o‘ynadi. 3-o‘rinni egallab turgan «Inter» o‘z uyida «Latsio»ga 0:1 hisobida yutqazdi. 13-daqiqada Milinkovich-Savichning boshi bilan urgan goli yagona bo‘lib qoldi. «Inter» harchand urinmasin, vaziyatni o‘nglay olmadi.

4-o‘rinda borayotgan «Milan» safarda «Sampdoriya» bilan o‘ynadi. 1-daqiqadayoq darvozabon Donnarumma to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘yib, uni raqibga tashlab berdi. Defrel esa bunday sovg‘ani qo‘ldan chiqarmasdan, o‘yinda yagona bo‘lib qolgan golni urdi.
Bu natijalardan so‘ng, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash yanada qizidi. Ayni paytda, 4-o‘rinni egallash uchun «Milan», «Atalanta», «Latsio», «Roma», «Sampdoriya» va «Torino» klublari kurash olib bormoqda.
29-TURNING BARChA NATIJALARI
29 mart
Kevo – Kalyari 0:3 (0:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 16 Pizakane, 0:2 – 33 Joao Pedro, 0:3 – 43 Ionitse.
Chetlatish: Depaoli (52, Kevo).
30 mart
Yuventus – Empoli 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 72 Ken.
Sampdoriya – Milan 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 1 Defrel.
31 mart
Parma – Atalanta 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 8 Jyervino, 1:1 – 24 Pashalich, 1:2 – 75 Sapata, 1:3 – 90 Sapata.
Fiorentina – Torino 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Simeone, 1:1 – 34 Bazelli.
Roma – Napoli 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 2 Milik, 1:1 – 45, penalti Perotti, 1:2 – 49 Mertens, 1:3 – 54 Verdi, 1:4 – 81 Yunus.
Frozinone – SPAL 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 13 Vikari.
Bolonya – Sassuolo 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 68, penalti Pulgar, 1:1 – 90 Boga, 2:1 – 90 Destro.
Inter – Latsio 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 13 Milinkovich-Savich.
Udineze – Jyenoa 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Okaka Chuka, 2:0 – 61 Mandragora.
A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI
21 - Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 6 pen)
20 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2)
19 - Duvan Sapata (Atalanta, 1), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
16 - Arkadiush Milik (Napoli)
13 - Franchesko Kaputo (Empoli, 3), Chiro Immobile (Latsio, 3)
11 - Andrea Petanya (SPAL, 3)
10 - Andrea Belotti (Torino, 4), Leonardo Pavoletti (Kalyari), Jyervino (Parma), Dris Mertens (Napoli, 1)
29-TURNING RAMZIY MILLIY JAMOASI

30-TUR O‘YINLARI
2 aprel
Milan - Udineze
Kalyari - Yuventus
3 aprel
Empoli - Napoli
Jyenoa - Inter
Roma - Fiorentina
SPAL - Latsio
Torino - Sampdoriya
Frozinone - Parma
4 aprel
Sassuolo - Kevo
Atalanta - Bolonya
IKARDI BILAN «INTeR» QARAMA-QARShILIGI YaNGI BOSQIChGA ChIQDI
«Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchi Mauro Ikardining hali beri asosiy tarkibga qaytmasligini aytdi.
«So‘nggi paytlardagi voqealar, shuningdek, kecha yuz bergan holat tufayli, Ikardi hali beri asosiy tarkibga qaytmaydi deb o‘ylayman. Men hamma narsani eng boshidan tahlil qilib chiqishim kerak. U hafta davomida biz bilan shug‘ullandi, biroq, kecha yuz bergan voqea ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin», - dedi Spalletti.

Corriere della Sera xabariga ko‘ra, Spalletti mashg‘ulotlardan so‘ng Ikardiga yuzlanib, jamoadoshlaridan uzr so‘rashni talab qilgan, ammo hujumchi bundan bosh tortgan. Natijada, u «Latsio»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.
ALLeGRI JAROHATLANGAN RONALDUNING AHVOLI HAQIDA MA'LUMOT BeRDI
«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jarohatdan tiklanish jarayonini o‘tayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduning ahvoli haqida ma'lumot berdi.
«Krishtianuning ahvoli yaxshi. Ammo u ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki jarohatdan tiklanishning juda muhim bosqichidan o‘tyapti.
U qachonki to‘liq tuzalib ketsa va sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmasa, o‘shanda maydonga qaytadi», - deb Allegri so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu sonidan olgan jarohati tufayli safdan chiqqan. Uning qachon maydonga qaytishi ma'lum emas.
LeONARDO: «BIZ HeCh QAChON GATTUZONING ISTe'FOSINI MUHOKAMA QILMAGANMIZ»
«Milan» sport direktori Leonardo bosh murabbiy Jyennaro Gattuzo iste'foga chiqarilmasligini aytdi.
«Gattuzoning «Milan» bilan imzolagan shartnomasi bor, biz hech qachon uning iste'fosini muhokama qilmaganmiz. Buni har doim ochiq aytganmiz.
Klub Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni jiddiy maqsad qilgan. To‘rtinchi o‘rinni egallashimiz mumkinligiga ishonamiz. Biz 6 yildan beri bunga erisholmagan edik. Ammo bu jamoa shakllanib bormoqda va muvaffaqiyat qozonishimizga umid qilamiz», — deb Leonardo so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» qatorasiga 2 turdan beri mag‘lubiyatga uchramoqda.
Mavzuga oid
09:18 / 04.10.2021
A Seriya. «Milan» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma», «Yuventus», «Napoli»dan g‘alaba va boshqa natijalar
07:18 / 08.08.2021
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
21:32 / 01.11.2020
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek
09:44 / 29.05.2020