Sport | 08:51 / 02.04.2019
39953
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda eng ko‘p daromad olgan futbolchilar reytingi e'lon qilindi

Foto: Matthias Hangst/Getty Images

France Football jahondagi eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilarning an'anaviy yillik reytingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi qayd etilgan. Ma'lum bo‘lishicha, oxirgi marta 2015 yilda «Oltin to‘p»ni olgan argentinalik bu mukofotni 2016 va 2017 yillarda qo‘lga kiritgan Krishtianu Ronaldudan ko‘proq daromad oladi. Sovrinning 2018 yilgi g‘olibi Luka Modrich esa top-20ga kiritilmagan. Vaholanki, ro‘yxatda uning jamoadoshlari Garet Beyl, Toni Kroos va Serxio Ramos nomlarini uchratish mumkin.

Jahonning eng yuqori yillik daromadga ega futbolchilari
1. Lionel Messi – 130 mln yevro
2. Krishtianu Ronaldu – 113 mln yevro
3. Neymar – 91,5 mln yevro
4. Antuan Grizmann – 44 mln yevro
5. Garet Beyl – 40,2 mln yevro
6. Andres Inesta – 33 mln yevro
7. Aleksis Sanches – 30,7 mln yevro
8. Filippe Koutino – 30 mln yevro
9. Esekiel Lavessi – 28,3 mln yevro
10. Luis Suares – 28 mln yevro
11. Jyerar Pike – 27 mln yevro
12. Toni Kroos – 26,3 mln yevro
13. Mesut O‘zil – 25,8 mln yevro
14. Kilian Mbappe – 25 mln yevro
15. Oskar – 24,3 mln yevro
16. Serxir Aguero – 24,3 mln yevro
17. Kevin de Bryuyne – 23,5 mln yevro
18. Xalk – 23,4 mln yevro
19. Pol Pogba – 23,3 mln yevro
20. Serxio Ramos – 23 mln yevro

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid