Abdulaziz Komilov Urugvay yangi elchisini qabul qildi

Foto: Anvar Ilyasov
2019 yilning 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Urugvay Sharqiy Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Enrike Xuan Delgado Xentani qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabriklagan va mas'uliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyat tilagan.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Urugvay hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Urugvayning geografik jihatdan bir biridan uzoqda joylashganiga qaramay, ayrim sohalarda aloqalarni faollashtirish uchun real imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlangan.
Suhbat davomida xalqaro tashkilotlar shaklidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:05 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?

08:03 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

17:07 / 08.04.2025